Assalomu alaykum, ushbu maqola firibgarlik turlaridan biri boʻlgan va hozirgi kunda keng tarqalgan "fishing" haqida boʻladi.
-
Fishing nima ?
-
Fishing turlari
-
Fishing qanday ishlaydi ?
-
Aniqlash va himoyalanish
Fishing nima?
Fishing - bu firibgarlar tomonidan odamlarni aldash yoʻli bilan ularning shaxsiy malumotlarini (login, parol, bank karta malumotlari, joylashuv, shaxsiy suratlar) olish uchun qoʻllaniladigan hujum turi. Firibgarlikning bu turi odatda firibgarlar tomonidan moliyaviy manfaatni koʻzlab amalga oshiriladi va koʻp hollarda "fishing qurbonlari" uchun katta yoqotishlarga olib keladi
Fishing turlari
Fishing hozirgi kunda juda keng tarqalgan va juda koʻp turlari bor, bunga quyidagilarni misol qilish mumkin:
- Smishing: SMS xabar orqali rasmiy koʻrinishdagi ammo aslida soxta xabarlar bilan amalga oshiriladigan fishing turi
- Vishing: Telefon qoʻngʻiroqlari orqali amalga oshiriladigan fishing turi boʻlib bu ham eng keng tarqalgan fishing turlaridan biri.
- Clone Fishing: Haqiqiy xabarning nusxasini joʻnatishadi, shu orqali soxta xabar ham haqiqiydek tuyuladi
- Social Media Phishing: Ijtimoiy tarmoqdagi soxta hisoblar orqali tarqatiladigan fishing turi
Fishing qanday ishlaydi?
Firibgarlar asosan soxta saytlar yani asl saytlarni nusxalash orqali aslidan uncha farq qilmagan yangi sayt ishlab chiqishadi va turli tarmoqlar orqali tarqatishadi. Foydalanuvchi saytga kiradi va bir qarashda asl sahifa deb oʻylaydi. Keyin esa beixtiyor tizimga kirish yoki toʻlov amalga oshirish uchun shaxsiy malumotlarini kiritadi. Shu bilan barcha malumotlaringiz firibgar qoʻlida, siz buni sezmaysiz ham sababi firibgar sizni asl sahifaga yoʻnaltiradi
Aniqlash va himoyalanish
Bu turdagi hujumlar asosan saytlarni soxtalashtirish orqali amalga oshirilgani sababli aniqlash uncha qiyin boʻlmaydi
- Ijtimoiy tarmoqlar orqali havolalar qabul qilganingizda etiborli boʻling instagram1.com, anorban.uz, click-com.uz kabi havolalar soxta havolalardir
- Notanish raqamdan qoʻngʻiroq qilishsa va sizing manfaatingiz uchun shaxsiy malumotlaringizni berishingizni soʻrashsa bermang
- Turli soxta havolalar joʻnatib havolaga kirishingizni soʻrashsa kirmang. Bunday havolalar odatda juda uzun va mazmunsiz boʻladi
- Turli tarmoqlar orqali doʻstlaringiz etiboringizni tortuvchi sarlavhadagi fayl va havolalar joʻnatishsa ochishdan oldin tekshiring shubhali deb bilsangiz ochmang. Bu asosan doʻstingiz hisobi xakerlar tomonidan olib qoʻyilganda roʻy beradi va xabar joʻnatgan inson doʻstingiz emas firibgar boʻladi