Paradoks - bu bir qaraganda ilmiy jihatdan boʻlishi mumkin boʻlmagan narsalarning boʻlishi yoki aksincha mavjud hodisa va jarayonlarni tahlil qilganimizda "bu boʻlmasligi kerak edi" deb oʻylashimiz. Oddiy qilib aytganda bir vaqtning oʻzida toʻgʻri va notoʻgʻri fikrlar birdek toʻgʻri deb qoʻllanilishiga aytiladi, dasturlash bilan bogʻlaydigan boʻlsak: 1 x 0 = 1
Paradoksning asosiy xususiyati sarlavha juda oddiy va bir qarashda kundalik hayotdagi hodisalarni eslatuvchi jarayon boʻladi. Chuqurroq tahlil qilganda esa gʻalati va aqlni chalgʻitadigan faktlar kelib chiqadi. Lekin paradokslar har doim ham boʻlishi mumkin boʻlmagan narsalar boʻlmaydi, yani fizik jihatdan toʻgʻri ammo odamni oʻylashga majbur qiladigan hodisalarni ham paradoks deb olishimiz mumkin.
Masalan mashhur paradokslardan biri "Yolgʻonchi paradoksi"ni olaylik. Bu vaziyatda "men hozir yolgʻon gapiryapman" degan odam yolgʻon gapiryapgan boʻladi, lekin yolgʻon deb hisoblasak rostligini tan olishga majburmiz, shu tariqa rost va yolgʻon toʻqnashuvi cheksiz davom etadi. Bu mantiqiy paradoks boʻlib yuqorida takidlangandek javobi deyarli yoʻq boʻladi
Fizik paradoks yani javobi yoʻqdek tuyilgan ammo chuqurroq oʻylaganda toʻgʻri boʻlib chiqadigan paradoksga Eynshteynning "Nisbiylik nazariyasidagi" egizaklar paradoksini misol qilishimiz mumkin. Yani vaqtning nisbiyligi haqidagi fikr, bir vaqtning oʻzida turli joy va holatlar uchun vaqt har xil oʻtishidir
Ikkala holatga ham toʻgʻri kelmaydigan falsafiy paradokslar ham bor. Bu na fizik va na mantiqiy paradoks ga oʻxshaydi. Bu uchun esa misol qilib "Erkinlik paradoksi"ni olsak xato boʻlmaydi deb oʻylayman. Yani "Ommaviy erkinlik - bu hech kim uchum hech qanday cheklov boʻlmasligi, lekin haddan tashqari erkinlik boshqa bir erkin inson uchun cheklov yaratadi yani erkinligini buzadi"
Toʻgʻri bu maqola foydasiz va boʻlib tuyulishi mumkin lekin shu kabi noaniq fikrlarni tahlil qila olish va toʻgʻri ajratishga urunish mantiqiy fikrlash, momolarga toʻgʻri yechim izlash, xatolar ni toʻgʻri tahlil qilishga yordam bera oladi shuningdek boʻlajak dasturchilar uchun kodni tuzish va toʻgʻri tahlil qilish qobiliyatini oshiradi. Xuddi foydasiz dek tuyulgan narsa aslida foydali boʻlib chiqqandek buni ham bir paradoks deb olsak xato boʻlmaydi